KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING NUTQ MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
kimpetensiya, o;qituvchi, ta’lim, nutq, nutq madaniyati.Abstract
Mazkur maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish masalasi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuvning nazariy asoslari, uning bo‘lajak pedagoglarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, nutq madaniyatini rivojlantirishda kommunikativ, professional va shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyalarni integratsiyalash usullari yoritiladi. Maqolada interaktiv mashg‘ulotlar, raqamli ta’lim vositalari va amaliy metodlar orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda nutq madaniyatini oshirish strategiyalari tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kompetensiyaviy yondashuv bo‘lajak pedagoglarning nutqini mantiqiy, ravon va professional tarzda rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi.