KONSTITUTSIYA-ERKIN VA FARAVON HAYOT GAROVI
Keywords:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, suverenitet, konstitutsiyaviy tuzumi, demokratik huquqiy davlat, hududiy yaxlitlik, himoya qilishAbstract
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bu bizning davlatimizning asosiy va eng muhim hujjati hisoblanadi. Ushbu maqolada Konstitutsiyaning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni va uning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdagi asosiy vazifalari tahlil qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi burchlari koʻrsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadrqimmatini hurmat qilishga; Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrashga; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga; qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar. Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar..