JASET

SHARQ VA G’ARB KURTUAZ AN’ANALARIDA ILOHIY ISHQNING AYOL OBRAZI TIMSOLIDAGI TALQINI.

Authors

  • Mamadiyarova Matluba

    SamDChTI stajyor –tadqiqotchisi
    Author

Keywords:

ilohiy ishq, ayol obrazi, tasavvuf she’riyati, Alisher Navoiy, kurtuaz adabiyoti, fin’amor, fano, arxetip, qiyosiy adabiyotshunoslik.

Abstract

Ushbu maqola o‘zbek mumtoz adabiyoti (xususan, Alisher Navoiy dostonlari) va ingliz kurtuaz adabiyotida ayol obrazi timsolida gavdalangan ilohiy ishq konsepsiyasining badiiy-falsafiy talqinini qiyosiy nuqtai nazardan tadqiq etadi. Unda o‘rta asr sharq tasavvuf she’riyati va Yevropa ritsarlik an’analarida ayol obrazi orqali ifodalangan muhabbatning ruhiy-transformativ mohiyati, uning inson kamolotidagi o‘rni va “erishib bo‘lmas ma’shuqa” motivining metafizik mazmuni tahlil qilinadi. Tadqiqot tasavvufdagi majoz–haqiqat dialektikasi, fano konsepsiyasi hamda kurtuaz an’anasidagi “fin’amor” modeli o‘rtasidagi arxetipik o‘xshashlik va farqlarni yoritadi. Qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra, har ikki adabiy maktabda ayol obrazi nafaqat estetik ideal, balki ruhiy yuksalishni ta’minlovchi vositachi sifatida qaraladi. Shu bilan birga, tasavvufda ayol obrazi ilohiy jamolning teofanik tajassumi sifatida talqin etilsa, kurtuaz adabiyotida u ritsarning axloqiy yetuklikka erishishiga xizmat qiluvchi yuksak ideal timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari Sharq va G‘arb o‘rta asr ma’naviy tafakkurining mushtarak universal arxetiplarini aniqlashga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2025-12-12