JASET

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSTAQIL FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Authors

  • Botirova Farangiz

    Navoiy innovatsiyalar Universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi
    Author

Keywords:

Boshlang‘ich ta’lim, mustaqil fikrlash, kompetensiya, interfaol metodlar, muammoli ta’lim, kreativlik, loyihaviy faoliyat, o‘yin texnologiyalari, mantiqiy fikrlash,

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash kompetensiyasini shakllantirishning samarali pedagogik usullari yoritilgan. Mustaqil fikrlash – zamonaviy ta'limning asosiy poydevorlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarda kreativlik, tahliliy yondashuv, muammoni mustaqil hal etish va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarining rivojlanishini ta’minlaydi. Maqolada muammoli ta’lim, interfaol metodlar, kichik guruhlarda ishlash, o‘yin texnologiyalari, loyihaviy faoliyat, hamda o‘yinli-didaktik topshiriqlar orqali mustaqil fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari keng yoritilgan. Shuningdek, o‘quv motivatsiyasini oshirish, o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini inobatga olish va dars jarayonida faol ishtirokni ta'minlashning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim amaliyotida o‘quvchilarning fikrlash faolligini oshirish va mustaqil qaror qabul qilishini qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘llarini taklif qiladi.

Downloads

Published

2025-12-10