2017-2021-YILLARDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO’YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI VA UNDA BELGILANGAN USTUVOR YO’NALISHLAR
Keywords:
harakatlar strategiyasi, rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari,ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, siyosiy islohotlar,mamlakat taraqqiyotiAbstract
2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Ushbu strategiya O’zbekistonni barqaror rivojlanish yo‘lida modernizatsiya qilish, xalq farovonligini oshirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va demokratik institutlarni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Maqolada strategiyaning asosiy maqsadlari, belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi, shuningdek, ularning mamlakatning ichki va tashqi siyosiy mavqeini mustahkamlashga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga va xalq farovonligini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatgani yoritiladi. Shu bilan birga, maqola strategiyaning samaradorligi va uning O’zbekistonning global maydondagi raqobatbardoshligini oshirishdagi roli haqida ham xulosalar beradi.