JASET

YOSH AVLODDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Alijonov Baxtiyor Hoshimovich

    Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti katta o‘qituvchisi
    Author
  • Raxmatov Raxmatjon Raxmiddin oʻgʻli

    Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti talabasi
    Author
  • Tojimamatov Hasanboy Ikromjon oʻgʻli

    Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti talabasi
    Author
  • Qobilov Murodjon Komiljon oʻgʻli

    Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti talabasi
    Author

Keywords:

vatanparvarlik, yosh avlod, tuyg‘u, tarbiya, milliy qadriyat, sadoqat, ma’naviyat, davlat, taraqqiyot, jamiyat.

Abstract

Yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish hayotimizning, jamiyat va davlatning taraqqiyoti uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Vatanparvarlik bu insonning o‘z vatani va xalqiga sadoqati, uni asrash, rivojlantirish, himoya qilish yo‘lidagi yuksak mas’uliyat hamda fidoyilik tuyg‘usidir. Yoshlarning qalbida va ongida bu tuyg‘uni yoshlikdan boshlab shakllantirish kelajak uchun poydevor qo‘yish bilan barobar. Chunki, insoniyat taraqqiyotining muhim qismida vatan va xalq sevadigan, unga umrini bag‘ishlashga tayyor bo‘lgan fidoyi shaxslargina muhim o‘rin tutadi. Vatanparvarlik shunchaki so‘z emas, balki yurakka chuqur joylashgan, jamiyat a’zolarini birlashtirib turadigan, davlat qudratini mustahkamlovchi noyob kuchdir.

Downloads

Published

2025-12-06