JASET

SOLIQ IMTIYOZLARI TIZIMINI ISLOH QILISH: SAMARADORLIK MEZONLARI.

Authors

  • Mamayusufov Azizbek Farxod o’g’li

    Toshkent davlat yuridik universitet talabasi
    Author

Keywords:

soliq imtiyozlari, soliq siyosati, fiskal barqarorlik, investitsiya muhiti, soliq islohotlari, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik, samaradorlik mezonlari, rag‘batlantirish mexanizmlari.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq islohotlari jarayonida soliq imtiyozlari tizimini modernizatsiya qilish, ularning samaradorligini oshirish va maqsadli yo‘naltirish masalalari batafsil o‘rganilgan. Soliq imtiyozlari iqtisodiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular investitsiyalar oqimini kuchaytirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, imtiyozlarning tartibsiz, ortiqcha berilishi byudjet daromadlarining qisqarishi, soliq yukining noteng taqsimlanishi va bozordagi sog‘lom raqobat tamoyillarining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqot davomida soliq imtiyozlarining iqtisodiy mazmuni va byudjetga oid siyosatda tutgan o‘rni nazariy jihatdan asoslangan, milliy soliq tizimida mavjud imtiyozlar holati tahlil qilingan. Maqolada soliq imtiyozlarini aniq maqsadga yo‘naltirish, ularning natijasini oldindan taxmin qilish, samaradorlik mezonlari asosida baholash tizimini joriy etish va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi solishtirilib, imtiyozlarni berishda iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy ta’sir, byudjet barqarorligiga ta’sir darajasi kabi mezonlarning qo‘llanishi taxlil qilingan. Xorijda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan soliq rag‘batlantirish mexanizmlarini O‘zbekiston sharoitida bosqichma-bosqich tatbiq etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan.

Downloads

Published

2025-12-05