O‘ZBEKISTONNING “YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISH STRATEGIYASI: MAVJUD MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLI IMKONIYATLAR
Keywords:
“yashil” iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya, chiqindi, “yashil” kreditlash, energiya.Abstract
Global ekologik muammolar kuchayib borayotgan sharoitda O‘zbekiston uchun “yashil” iqtisodiyotga o‘tish zarurati dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi, uning asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda bu jarayonda uchrayotgan muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, “yashil” iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rni va qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanishni Qozog‘iston misolida ham ko‘rsatib o‘tiladi. “Yashil” iqtisodiyotning tabiiy resurslarni tejash va ekologik zararlarni kamaytirish, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish orqali mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga yordam berishi ham aytib o‘tilgan.