BOLALAR ADABIYOTIDAGI ATAMALAR TIZIMIDA METAFORA VA IBORALARNING KOGNITIV TABIATI
Keywords:
bolalar adabiyoti, metafora, iboraviy birlik, kognitiv tabiat , tafakkurAbstract
Ushbu maqolada bolalar adabiyotida qo‘llaniladigan metaforalar va iboralarning kognitiv tabiati o‘rganiladi. Bolalar nutqi va badiiy tafakkurining shakllanishida metaforik ifodalar muhim vosita bo‘lib, ular orqali bola murakkab tushunchalarni sodda, obrazli ko‘rinishda idrok qiladi. Metaforalar bolalarga dunyoni “harakat”, “yorug‘lik”, “insoniy fazilat”, “tabiat hodisalari” kabi tanish konseptlar orqali tushunishga yordam berishi aniqlangan. Iboraviy birliklar esa bolada tafakkur, axloqiy mezonlar va emotsional idrokning shakllanishiga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari bolalar adabiyotidagi metafora va iboralarning kognitiv funksiyasi — bolaning konseptual tafakkurini rivojlantirish, abstrakt tushunchalarni konkretlashtirish va dunyoqarashni kengaytirish jarayonida asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Turli adabiyotlardan olingan nazariy va amaliy misollar maqolani yanada boyitib, mavzuning ilmiy-uslubiy qamrovini kengaytiradi.