JASET

KOREYS TILIDA FONETIK TIZIMINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Qazoqova Go'zal Ortiqovna

    Sharq tillari fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish:koreys tili yo’nalishi talabasi
    Author

Keywords:

Koreys tili, fonetik tizim, Hangul, tovush tizimi, unli tovushlar, undosh tovushlar, unli uyg‘unligi, batchim, tovush o‘zgarishlari, intonatsiya, urg‘u, talaffuz, fonologiya, koreys madaniyati, yozuv tizimi.

Abstract

Ushbu maqolada koreys tilining fonetik tizimi  har tomonlama tahlil qilinadi. Koreys tili fonetik jihatdan o‘ziga xos bo‘lib, tovush va yozuv o‘rtasidagi uyg‘unlikni mukammal tarzda namoyon qiladi. Maqolada koreys tilida fonetik tizimining asosiy unsurlari - unli tovushlar (모음), undosh tovushlar(자음), patchim (받침), tovush o'zgarishlari (음운 변동) va intoantsiya jarayonlari haqida aniq ma’lumot beriladi.

Koreys yozuvi — Hangul (한글) — Sejong deb nomlangan shoh tomonidan yaratilgan bo‘lib, u inson nutq organlari tuzilishiga asoslangan ilmiy fonetik yozuv tizimidir. Ushbu maqolada Hangul tizimining fonetik xususiyati, unda tovushlarning shakli,  ohang va talaffuz bilan uyg‘unlashuvi yoritib berilgan. Va shuningdek koreys tili fonetik tizimining boshqa tillardan farqli jihatlari, ya’ni unli uyg‘unligi (모음 조화), tovush kuchi (쌍자음), havoli tovushlar, hamda so‘z oxiridagi tovush o‘zgarishlari ilmiy tarzda  tahlil qilinadi.

Tadqiqot davomida koreys tilining fonetik tizimi nafaqat fonologik jihatdan, balki madaniy va tarixiy nuqtai nazardan ham o‘rganiladi. Koreys xalqining nutq madaniyati, talaffuz me’yorlari va til ohangining soddaligi Hangul yozuvining mukammalligini ko‘rsatib beradi. Maqolada koreys tili  fonetik tizimining o‘rganilishi tilni to‘g‘ri talaffuz qilish, yozma va og‘zaki nutqni to‘g‘ri shakllantirish hamda koreys madaniyatini yanada aniqroq  anglashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlanadi.

Mazkur maqola koreys tili fonetikasiga qiziquvchi talabalar, tilshunoslar, koreys tili o‘qituvchilari hamda fonologiya yo‘nalishida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy manba sifatida ahamiyatlidir.

Downloads

Published

2025-11-26