JASET

O‘ZBEK NUTQIDA YASHIRIN MA’NOLAR (IMPLIKATURA)NING SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Rahimova Zilola Mahammadsodiq qizi

    Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Lingvistika: o'zbek tili yo'nalishi 2-kurs magistranti
    Author

Keywords:

implikatura, presuppozitsiya, pragmatika, yashirin ma’no, nutq aktlari, kontekst, semantik inferensiya, diskurs tahlili, Grays maksimlari, o‘zbek lingvokulturologiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek nutqiy madaniyatida ko‘p uchraydigan yashirin ma’nolar — implikaturalarning semantik xususiyatlari lingvopragmatik yondashuv asosida tahlil qilinadi. O‘zbek tilida implikaturaning shakllanishi Graysning kooperativlik tamoyillari, nutq aktlari, milliy kommunikativ me’yorlar, ijtimoiy-madaniy konventsiyalar, xususan, muloyimlik, bilvosita murojaat, evfemizatsiya va ijtimoiy maqomlar o‘rtasidagi masofa bilan bevosita bog‘liq. Maqolada implikaturaning turlari, ularni yuzaga keltiruvchi semantik va pragmatik omillar, o‘zbek tilidagi an’anaviy ifodalar misolida yashirin ma’no mexanizmlari keng yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek diskursida yashirin ma’nolar kommunikativ samaradorlik, ijtimoiy

Downloads

Published

2025-11-26