RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING MAZMUNI, MAQSADI VA DAVLAT BOSHQARUVIDAGI OʻRNI
Keywords:
korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurash, raqamli transformatsiya, xalqaro standartlar, xalqaro tajriba, xalqaro qonunchilik, korrupsiyani oldini olish.Abstract
Tezisda korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamli transformatsiya va raqamli transformatsiya sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari xalqaro standartlarga kiritish nuqtai nazaridan o’rganiladi. Korrupsiya juda ko’p davlatlarning eng dolzarb masalalaridan biriga aylangan va u iqtisodiy rivojlanishga bevosita tahdid sifatida aniqlangan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va davlat boshqaruvi tizimlarining raqamlashtirishi jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro huquqiy jihatlarini tadqiq etish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Hozirgi davrda korrupsiya global muammo sifatida tan olinib, unga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va huquqiy tartibga solishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Raqamli transformatsiya sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq etish va zamonaviy texnologik vositalardan foydalanish masalalari alohida e’tibor talab etadi.