NOTARIUS VA MEDIATSIYA FAOLIYATINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Keywords:
Mediatsiya, notarius, alternative dispute resolution (ADR), arbitraj, notarial amaliyot, fuqarolik nizolari, oila nizolari, meros nizolari, E-Notarius.Abstract
Ushbu tezisda notarius faoliyati va mediatsiya jarayonining o‘zaro uyg‘unligi, shuningdek notarial sohada alternativ nizolarni hal etish (ADR) mexanizmlarini joriy etishning muhim amaliy ahamiyati tadqiq etilgan. Mediatsiya institutining O‘zbekistondagi huquqiy asoslari, uni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda 2020–2024 yillarda mediatsiya orqali hal etilgan nizolar dinamikasi tahlil qilingan. Ushbu tahlillar aholiga bilvosita xizmat qiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, notariuslar tomonidan mediatorlik faoliyatini amalga oshirish fuqarolar uchun vaqt va mablag‘ sarfini qisqartirish, huquqiy jarayonlarni soddalashtirishdandir. Xorijiy amaliyotda notariuslarning fuqarolik, oilaviy va meros nizolarini mediatsiya orqali hal qilishdagi ustunliklari o‘rganilib, ularni milliy amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Shuningdek, E-Notarius tizimida mediatsiya modulini joriy etish aholining huquqiy madaniyati va mediatsiya institutidan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.