JASET

PRENATAL TASHXIS NATIJALARINING OTA-ONALARGA PSIXOLOGIK TA’SIRI: YORDAM KO‘RSATISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Sharifova Maxliyo Zarif qizi

    p.f.f.d.(PhD) Buxoro innovatsiyalar universiteti, Pedagogika psixologiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi
    Author

Keywords:

prenatal tashxis, psixologik ta’sir, ota-onalar, stress, depressiya, psixologik yordam, maslahat xizmati, emotsional qo‘llab-quvvatlash, qaror qabul qilish

Abstract

Ushbu maqolada prenatal tashxis natijalarining ota-onalarga psixologik ta’siri va ushbu holatlarda ko‘rsatiladigan yordam mexanizmlari tahlil qilingan. Prenatal tashxis jarayonida irsiy yoki rivojlanish nuqsonlari aniqlangan taqdirda ota-onalarda yuzaga keladigan stress, xavotir, depressiya va qaror qabul qilishdagi qiyinchiliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada psixologik yordamning zarurligi, emotsional qo‘llab-quvvatlash strategiyalari, psixologik maslahat xizmatlari va ota-onalarni ongli qaror qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha mexanizmlar yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida ota-onalarni prenatal tashxisdan so‘ng psixologik reabilitatsiya qilish va ularning emotsional farovonligini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Downloads

Published

2025-04-30