JASET

KOLIBAKTERIOZ BILAN KASALLANGAN QO‘ZILARDA ANTIBIOTIK VA PROBIOTIK QO‘LLASHNING IMMUNOLOGIK JAVOBGA TA’SIRI.

Authors

  • O.P.Islomova

    mustaqil izlanuvchi,
    Author
  • N.N.Normamatov

    Normamatov magistrant
    Author
  • J.Sh.Xasanov

    magistrant,
    Author
  • Sh.Abdullayeva

    magistrant SamDVMCHBU
    Author

Keywords:

Kolibakterioz, Escherichia coli, qo‘zilar, probiotiklar, antibiotiklar, immunoglobulinlar, IgM, IgG, IgA, C-reaktiv oqsil (CRP), fibrinogent

Abstract

Maqolada kolibakterioz bilan zararlangan qo‘zilarda antibiotiklar, turli probiotik preparatlar (Maxlac/DW, Innoprovet) va ularning kombinatsiyalarining maxsus immun ko‘rsatkichlarga (IgM, IgG, IgA, CRP, fibrinogen) taʼsiri o‘rganildi. Tadqiqotda qon zardobi namunalarida ELISA, immunoturbidimetriya va Clauss koagulometrik usullari orqali antitela va o‘tkir faza oqsillari aniqlab borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, probiotiklar, xususan ko‘p komponentli preparatlar, immun javobni tez va barqarorroq rag‘batlantirdi: IgG darajasi kombinatsiyalashgan guruhlarda yuqori (~980 mg/dL gacha), IgA mukozal himoya belgilari ham sezilarli oshdi (180 mg/dL atrofida), CRP esa probiotik va antibiotik kombinatsiyasida tezroq pasayib, normaga yaqinlashdi (3,0 mg/L atrofida). Fibrinogen darajasi ham kombinatsiyalashgan davoda tezroq meʼyorlashdi. Umumiy xulosa — probiotiklar kolibakterioz davrida immun tizimni mustahkamlashda samarali bo‘lib, eng yaxshi natija probiotikni antibiotik bilan birgalikda qo‘llashda kuzatildi. Tadqiqot natijalari veterinar amaliyotida kolibakteriozni davolash va profilaktikasi uchun probiotiklardan oqilona foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Downloads

Published

2025-11-18