GRUNTLARNI SINFLARGA AJRATISH VA ULARNING FIZIK XOSSALARI
Keywords:
grunt, fizik xossalar, zichlik, namlik, g‘ovaklilik, plastiklik, granulometrik tarkib, USCS, ISO 14688, muhandislik-geologiya.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada gruntlarning fizik xossalari hamda ularni sinflarga ajratish mezonlari xalqaro standartlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda gruntlarning zichligi, tabiiy namligi, g‘ovakliligi, plastiklik indeksi, granulometrik tarkibi va yopishqoqlik kabi ko‘rsatkichlar muhandislik-geologik nuqtayi nazardan baholangan. Gruntlarning fizik parametrlarini aniqlash usullari, ularning inshoot poydevorlariga ta’siri hamda muhandislik amaliyotidagi ahamiyati keng yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tasniflash tizimlari – USCS, ISO 14688 va ASTM D2487 standartlari bo‘yicha grunt turlarini solishtirish asosida tahliliy natijalar keltirilgan. Olingan ma’lumotlar gruntlarning fizik-me’yoriy tavsiflarini chuqur o‘rganish, ularni geotexnik loyihalashda to‘g‘ri tanlash va baholashda amaliy ahamiyat kasb etadi.