JASET

MONOZIGOTA VA DIZIGOTA EGIZAKLARDAGI FARQLARGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR

Authors

  • Yo'ldoshova Hilola Husanovna

    Buxoro xalqaro universiteti psixologiya yo'nalishi 2 kurs magistri, Navoiy shahar 17-umumiy urta ta’lim maktabi psixologi
    Author

Abstract

Mazkur tezisda monozigota (bir tuxumli) va dizigota (ikki tuxumli) egizaklar o‘rtasidagi psixologik farqlarga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Ishda genetik va epigenetik modifikatsiyalar, oila muhitining roli, tarbiyaviy uslublar hamda ijtimoiy taqqoslash mexanizmlarining egizaklarning shaxsiy rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, egizaklarning psixik o‘ziga xosligi nafaqat irsiyat, balki individual tajriba va ijtimoiy kontekst bilan ham belgilanadi. Tezisda zamonaviy psixologik nazariyalar va mahalliy tadqiqotlarga tayanilgan holda, egizaklar o‘rtasidagi empatik bog‘lanish, individualizatsiya ehtiyoji va ijtimoiy rol shakllanishi jarayonlari ilmiy asosda izohlangan.

Downloads

Published

2025-11-12