MY TEST DASTURINING O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
My Test dasturi, o‘zbek tili ta’limi, test texnologiyasi, raqamli ta’lim, bilimni baholash, innovatsion usullar, ta’lim sifatiAbstract
Ushbu maqolada “My Test” dasturining o‘zbek tilini o‘qitish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Dastur orqali o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va til kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, test texnologiyalarining zamonaviy ta’lim jarayonidagi afzalliklari hamda “My Test” dasturidan foydalanishning samarali metodlari haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu dastur o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini raqamlashtirish, vaqtni tejash va bilim darajasini aniq baholash imkonini beradi. Natijada, o‘zbek tilini o‘qitishda test texnologiyalarining qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Downloads
Published
2025-11-11
Issue
Section
Articles