MUSIKANI O‘QITISH JARAYONIDA MULTIMODAL VOSITALARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Keywords:
musiqa pedagogikasi, multimodal ta’lim, raqamli didaktika, musiqiy idrok, audiovizual vositalar, integrativ yondashuv, oliy ta’lim, pedagogik innovatsiya.Abstract
Ushbu maqolada musiqani o‘qitish jarayonida multimodal vositalardan foydalanishning didaktik asoslari, ularning o‘quvchida musiqiy idrok, eshituv va emotsional tajribani shakllantirishga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Multimodal yondashuv doirasida audio, vizual, kinestetik va raqamli musiqiy vositalar bir vaqtning o‘zida qo‘llanilganda, musiqiy tushunchalar o‘quvchi ongida tezroq va chuqurroq singishi aniqlanadi. Maqolada multimodal ta’lim texnologiyalarining musiqiy savodxonlikni rivojlantirishdagi samaradorligi hamda zamonaviy musiqa pedagogikasida innovatsion metodlar bilan uyg‘unligi asoslangan holda yoritilgan. O‘rganish natijalari multimodal vositalar musiqiy ta’limda kreativ fikrlash va o‘quv faoliyatini faollashtirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.