JASET

POWERPOINT DASTURINING O'ZBEK TILINI O'QITISHDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

Authors

  • Komilova Zulxumor

    Farg'ona davlat universiteti
    Author
  • Mullajonova Gulhayoxon

    Farg'ona davlat universiteti Filologiya fakulteti o'zbek tili 1-kurs talabasi
    Author

Keywords:

PowerPoint, o‘zbek tili ta’limi, innovatsion texnologiya, interaktiv metod, ko‘rgazmalilik, raqamli kompetensiya, dars samaradorligi.

Abstract

Ushbu maqolada Microsoft PowerPoint dasturining o‘zbek tilini o‘qitishdagi ahamiyati va o‘rni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritilgan. Maqolada PowerPoint dasturining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari, u orqali o‘quvchilarning nutq madaniyati, tahliliy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari tahlil qilingan.Maqolada o‘zbek tili darslarida PowerPoint dasturidan foydalanish yo‘llari — fonetik, grammatik, leksik, imlo va nutq o‘stirish darslari misolida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, dasturdan foydalanishning metodik asoslari, dars jarayonida interaktivlik, ko‘rgazmalilik va motivatsiyani oshirishdagi ahamiyati ilmiy asosda izohlangan. PowerPoint dasturining o‘quvchilarning kompetensiyalarini, xususan, axborot-kommunikativ, ijodiy va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rnini ochib berilgan. Maqola natijalari shuni ko‘rsatadiki, PowerPoint texnologiyasi ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi hamda zamonaviy o‘qituvchining raqamli kompetensiyasini shakllantiradi.

Downloads

Published

2025-11-09