C++ DASTURLASH TILI BOSHQARUV OPERATORLARI:TAKRORLANISH OPERATORI
Keywords:
C++, boshqaruv operatorlari, takrorlanish operatori, sikl, for sikli, while sikli, do-while sikli, dasturlash, algoritm, takrorlanish, kodni qisqartirish.Abstract
Ushbu maqola C++ dasturlash tilidagi takrorlanish operatorlariga bag‘ishlangan bo‘lib, takrorlanish operatorlarining turlari, sintaksisi, ishlash mexanizmi va ularni real dasturlash masalalarida qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot beradi. C++ dasturlash tilida takrorlanish operatorlari dasturchiga bir necha marta bir xil kodni takrorlamasdan, dastur oqimini samarali boshqarish imkonini beradi. Maqola, asosan, boshlang‘ich va o‘rta darajadagi dasturchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda for, while, do-while sikllarining sintaksisi, misollar orqali ishlatilishi, ular orasidagi farqlar va qo‘llanilishi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, maqolada takrorlanish operatorlarining dastur samaradorligiga qanday ta’sir qilishi, turli holatlarda qaysi operatorni tanlash muhimligi haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, takrorlanish operatorlarining ishlashida yuzaga keladigan muammolar va ularni yechish usullari ham ko‘rsatilgan.