JASET

TURIZMNING ATROF-MUHITGA TA’SIRI: MUAMMOLAR VA BARQAROR RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Authors

  • Teshabayeva Odina Nasridinovna

    Iqtisodiyot va servis kafedrasi katta o’qituvchisi,PhD,
    Author
  • G’ofurov Shukurjon

    Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi talabasi, Farg‘ona davlat universiteti
    Author

Keywords:

Turizm, tabiiy resurslar, atrof-muhit, salbiy taʼsir, barqaror rivojlanish, ekoturizm.

Abstract

Ushbu maqolada turizm sanoatining dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni va 
uning atrof-muhitga ta’siri tahlil qilinadi. Turizmning tez sur’atlarda rivojlanishi 
tabiiy resurslarning haddan tashqari iste’moli, ekologik muammolar va biologik 
xilma-xillikning yo‘qolishiga olib kelayotgani muhokama qilinadi. Tadqiqotda 
turizmning suv, energiya va yer resurslariga ta’siri, shuningdek, chiqindilar 
muammosi va ekotizimlarga zarar yetkazish holatlari statistik ma’lumotlar asosida 
bayon etilgan. Shuningdek, maqolada turizmning atrof-muhitga salbiy ta’sirini 
kamaytirish choralari, jumladan, barqaror turizm tamoyillari, chiqindilarni 
boshqarish tizimlari va ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ko‘rib 
chiqiladi. Tadqiqot natijalari turizm sektorini ekologik muhofaza tamoyillariga mos 
ravishda rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berishga xizmat qiladi. 

Downloads

Published

2025-04-25