JASET

MA’LUMOTLAR BAZASIDA MUNOSABATLAR USTIDAGI AMALLAR

Authors

  • Sobirjonov Behzod Qahramonovich

    Farg‘ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi
    Author
  • Muhammadaliyev Sirojiddin Zaylobiddin o‘g‘li

    Fargʻona davlat universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalar yo‘nalishi 2-kurs talabasi
    Author
  • Tojimamatov Soxibjon Sherzodbek o‘g‘li

    Fargʻona davlat universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalar yo‘nalishi 2-kurs talabasi
    Author

Keywords:

relatsion model, relatsion algebra, munosabat, jadval, atribut, yozuv, tanlash (selection), proeksiya (projection), birlashtirish (union), farq (difference), kartesian ko‘paytma (Cartesian product), bog‘lanish (join), SQL, SELECT, JOIN, ma’lumotlarni boshqarish tizimi (MBT), so‘rovlarni optimallashtirish, ma’lumotlar integratsiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada ma’lumotlar bazasining relatsion modeli va unda munosabatlar (jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar) ustida bajariladigan amallar nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Relatsion algebra ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining (MBT) asosiy qismi bo‘lib, undagi amallar orqali foydalanuvchi ma’lumotlar ustida izlash, tahlil qilish va bir nechta jadvallar o‘rtasida bog‘lanishlar o‘rnatish imkoniga ega bo‘ladi.

Maqolada tanlash (selection), proeksiya (projection), birlashtirish (union), farq (difference), kartesian ko‘paytma (Cartesian product) va bog‘lanish (join) kabi asosiy relatsion algebra amallari mazmunan yoritilgan. Har bir amal uchun formulalar, amaliy misollar va ularning SQL dasturlash tilidagi ekvivalentlari keltirilgan.

Downloads

Published

2025-11-06