TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI (Samarqand misolida)
Keywords:
sun’iy intellekt, turizm, raqamli transformatsiya, Samarqand, turistik xizmatlar, avtomatlashtirish.Abstract
Mazkur tezisda Samarqand shahrida turizmni rivojlantirish jarayonlarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining roli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida SI asosida ishlaydigan tizimlar orqali turistlar uchun interaktiv xizmatlarni tashkil etish, sayyohlik marshrutlarini optimallashtirish, mehmonxona va transport sohasidagi xizmat sifatini oshirish hamda turistik axborot xizmatlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, SI yordamida turistlar oqimini prognoz qilish, marketing strategiyalarini takomillashtirish va mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari Samarqand shahrida turizmni samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiya jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.