JASET

BOZOR MUVOZANATI VA NARX MEXANIZMINING IQTISODIY MOHIYATI

Authors

  • Abdusalom Umirov

    Toshkent davlat iqtisodiyot universeteti dotsenti
    Author
  • Kadamov Alisher Murodbek O’g’li

    Toshkent davlat iqtisodiyot universeteti Kbha talabasi
    Author

Keywords:

bozor muvozanati, narx mexanizmi, talab va taklif, bozor signallari, iqtisodiy samaradorlik, resurslar taqsimoti, bozor barqarorligi, davlat aralashuvi.

Abstract

Ushbu maqolada bozor muvozanati tushunchasi va narx mexanizmining iqtisodiy mohiyati tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri sifatida narx mexanizmi talab va taklif o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni muvofiqlashtiruvchi vosita sifatida qaraladi. Maqolada narxlarning shakllanish jarayoni, ularning iqtisodiy subyektlar qarorlariga ta’siri, shuningdek, bozor muvozanatining buzilishi va tiklanish mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, erkin bozor sharoitida narx signallarining resurslar taqsimotidagi o‘rni va davlat aralashuvi ta’siri tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari bozorning barqaror faoliyat yuritishi uchun narx mexanizmi samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2025-10-28