TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHGA ASOSLANGAN DASTURIY TA’MINOT YARATISH MOHIYATI
Keywords:
raqamli ta’lim, mustaqil ta’lim, dasturiy ta’minot, moslashuvchan o‘qitish, sun’iy intellekt, interaktiv ta’lim platformalari, ta’lim texnologiyalari.Abstract
Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarning roli ortib bormoqda. Talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayoni samaradorligini oshirish uchun moslashuvchan, interaktiv va ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan dasturiy ta’minotlar zarur. Bunday tizimlar talabalarga o‘z ta’lim yo‘nalishlarini boshqarish, bilim olish manbalarini kengaytirish, o‘zlashtirish darajasini monitoring qilish va natijalarini baholash imkoniyatini beradi. Mazkur tezisda talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishga asoslangan dasturiy ta’minot yaratishning mohiyati, uning asosiy komponentlari, afzalliklari va qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud elektron ta’lim platformalarining afzallik va kamchiliklari o‘rganilib, takomillashgan model taklif etiladi.