BINAR KONSEPTLAR ASOSIDA PAREMIYALARNING MADANIY VA TILARO KOMMUNIKATIV POTENSIALI (ingliz, o‘zbek va rus tillari misolida)
Keywords:
binar konsept, paremiya, madaniyatlararo kommunikatsiya, ingliz tili, o‘zbek tili, rus tili, tilaro taqqoslash, lingvomadaniyat, metafora, folklor.Abstract
Paremiyalarning mazmunini va ularning inson tafakkuri, madaniyati, shuningdek, ijtimoiy hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritganda, avvalo, ularning asosida yotuvchi mexanizmlarni chuqur tahlil qilish kerak bo‘ladi. Paremiologiyaga oid tadqiqotlarda eng muhim va o‘ziga xos jihatlardan biri bu – binar konseptlar vositasida ifodalanadigan antitezalar va oppozitsiyalardir. Ana shu polar strukturalar tilning semantik tizimiga, milliy ong va mentalitetga bevosita bog‘liq bo‘lib, komunikatsiya jarayonida chuqur o‘rganishni talab qiladi. Chunki binar konseptlar madaniy kontekst va tilaro munosabatlarda o‘ziga xos kommunikativ vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ingliz, o‘zbek va rus tillari misolida paremiyalarning ana shu xususiyatlari, ularning xilma-xilligiga qaramay, turli madaniyatlar oralig‘idagi umumiy va farqli jihatlarni tahlil qilish uchun imkon beradi.