tijst

TALABALARDA STRESS VA RUHIY SALOMATLIK: ZAMONAVIY PSIXOTERAPIYA USULLARI

Authors

Abstract

Mazkur maqolada talabalarda uchraydigan stress holatlari, ularning ruhiy salomatligiga ta’siri va zamonaviy psixoterapiya usullarining samaradorligi yoritilgan. Talabalik davri – shaxsiy rivojlanishning eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, ushbu jarayonda ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillar ta’sir etadi. Stress va ruhiy bosim ko‘pincha o‘qish jarayoni, ijtimoiy moslashuv, oilaviy munosabatlar hamda shaxsiy rejalarning amalga oshirilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Maqolada stress tushunchasi, uning fiziologik va psixologik oqibatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, psixoterapiyaning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya, art-terapiya, mindfulness va relaksatsiya texnologiyalarining talaba yoshlar orasida qo‘llanilish samaradorligi haqida ilmiy izohlar berilgan. Yakunda talabalarda stressni kamaytirish va ruhiy salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

References

stress, ruhiy salomatlik, psixoterapiya, kognitiv-behavioral terapiya, mindfulness, talabalik davri, art-terapiya, psixologik yordam.

Downloads

Published

2025-08-28