tijst

JAHON VALYUTA-MOLIYA MUNOSABATLARI GLOBALLASHUVI ORQALI MILLIY IQTISODIYOT BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO’LLARI.

Authors

  • Marjona Gulmurodova

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya” fakulteti talabasi.
    Author
  • Umida Yuldasheva

    Ilmiy rahbar, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro moliya” kafedrasi professori, DSc.
    Author

Keywords:

Integratsiya, tashqi iqtisodiy siyosat, resurs, export, import, moliyaviy tashkilotlar, moliyaviy resurs, valyuta.

Abstract

Ushbu tezisda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar izchillik bilan amalga oshirilganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlarini yanada rivojlanishi milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mamlakat xalqaro savdo operatsiyalarini moliyalashtirishni rivojlantirishda, eng avvalo eksport salohiyatini oshirishga e’tibor qaratishi hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayonida milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashdagi muhim masalalardan biri tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etish hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning samarali tashkil etilishi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqobatlashuvning ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birgalikda mamlakatning jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu borada mamlakatimiz ko‘plab xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi va mustahkamlashi, jahondagi turli iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tilgan.

References

1. J.X.Ataniyazov “Xalqaro moliya” darslik. Toshkent 2014. 30-bet.

2. Vahabov A.V. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik (Toshkent: Baktria press, 2015. – 512 b.)

3. O‘Rourke, Kevin H.; Williamson, Jeffrey G. (2002). "When Did Globalization Begin?" European Review of Economic History. 6 (1): 23–50. doi:10.1017/S13614916020000

4. Ataniyazov J. Moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish: nazariy, uslubiy va amaliy jihatlar. Monografiya. - T.:Tafakkur qanoti, 2017. - 144 b.

5. Михайлов Д.М. Мировой финансовый рынок: тенденции и

инструменты. – М.: Издательство «Экзамен», 2000. С. 150.

6. M. Bonham. Generally accepted accounting practice under IFRS. Ernst &

Young. USA, 2010.

Downloads

Published

2025-06-18