TO’LOV TIZIMLARI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Keywords:
institutsional tartibga solish, makroiqtisodiy barqarorlik, tizimli muhim to‘lov infratuzilmasi (SIFMIs), dinamik nazorat, kapital yetarliligi, likvidlilik shoki, suveren risklar, preventiv boshqaruv, pul-kredit transmissiyasi, transmission mexanizm.Abstract
Mazkur tadqiqot ishi pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirishda to‘lov tizimlari barqarorligini institutsional jihatdan tartibga solishning fundamental masalalariga bag‘ishlanadi. Unda to‘lov tizimlarining uzluksizligini ta’minlash nafaqat texnik jarayon, balki makroiqtisodiy barqarorlikning garovi ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqotda davlatning roli an’anaviy nazorat funksiyasidan "dinamik tartibga solish" modeliga o‘tishi zarurligi tahlil qilinib, bunda tizimli muhim to‘lov tashkilotlarining (SIFMIs) kapital yetarliligi va likvidlilik zaxiralariga qo‘yiladigan xalqaro talablarni milliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy usul sifatida to‘lov infratuzilmasini "bulutli texnologiyalar"ga o‘tkazishda yuzaga keladigan suveren risklar va ularni davlat tomonidan preventiv (oldindan) boshqarish, milliy to‘lov tizimlarining xalqaro sanksiyalar va tashqi shoklarga chidamliligini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. "To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-578-sonli Qonuni, 2019-yil 1-noyabr.
2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi O‘RQ-764-sonli Qonuni, 2022-yil 15-aprel.
3. Committee on Payments and Market Infrastructures (CPMI). "Principles for financial market infrastructures". Bank for International Settlements (BIS), 2012 (updated standards).
4. Abdullayev A.J. "Raqamli iqtisodiyotda moliya bozorlari barqarorligini ta’minlash mexanizmlari". Monografiya. – Toshkent: "Iqtisod-Moliya", 2023. – 210 b.
5. Vasilev S.A. "Sovremenniye metodi gosudarstvennogo regulirovaniya platejnix sistem i fintex-industrii". Jurnal "Finansi i Kredit", №12, 2024. – s. 45-62.
6. International Monetary Fund (IMF). "The Rise of Public and Private Digital Money: A Strategy for Ensuring Financial Stability". IMF Policy Paper, 2025.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. "To‘lov tizimlari barqarorligi bo‘yicha yillik hisoboti". Toshkent, 2025.